08:11 / 19.12.2016
4494

Birinchi borayotgan norvegiyalik chang‘ichilar finishga 14-o‘rinda kelishdi

Lya Klyuzada bo‘lib o‘tayotgan Jahon kubogida ishtirok etayotgan Norvegiyaning tog‘ chang‘isi bo‘yicha ikkinchi terma jamoasi tarkibini favqulodda almashtirishga majbur bo‘ldi. Taomdan zaharlangan Simen Andre Sveyen o‘rniga ro‘yxatga Lars Xognes kiritildi. Chang‘ichi xalqaro musobaqalarda ishtirok etmagan va milliy jamoaning xizmatchisi sifatida ishlab kelgan edi. Xognes bir paytlar Norvegiya birinchiligida sovrindor bo‘lgan, ammo tarkibga kirmagan va terma jamoa moylovchisi sifatida qayd etilgan edi. 

U estafetani uchinchi bosqichida yetakchi sifatida qabul qilib oldi, biroq, o‘z qismida 14-bo‘lib keldi. 

«Menimcha, yomon qatnashmadim, – degan Lars NRK kanaliga bergan intervyusida. – Jahon kubogi estafetasida birinchi ketish ajoyib. Axir men faqat, chang‘ilarni moylayman».

Shunday qilib, Norvegiyaning ikkinchi terma jamoasi 4,35 daqiqalik ortda qolish bilan 14-bo‘ldi. 

Jahon kubogining ushbu bosqichida Norvegiyaning birinchi termasi birinchi o‘rinni egallagan. 


 

Mavzuga oid
Top