23:22 / 19.12.2016
20162

Rossiya elchisini otgan shaxs Gulen tarafdori bo‘lgani aytildi

Anqarada Rossiya elchisini otib tashlagan shaxs 2016 yilning iyulida bo‘lib o‘tgan davlat to‘ntarishiga muvaffaqiyatsiz urinishdan keyin olib borilgan tozalash ishlari vaqtida ishdan haydalgan sobiq politsiyachi ekani ma'lum qilindi. Bu haqda TASS agentligi xabar qildi.

Uning shaxsi ma'lum - u rasmiy Anqara tomonidan isyon tashkilotchisi sifatida ayblangan Fathulloh Gulen tarafdori bo‘lgan Mavlud Mert Oltintosh.

19 dekabr kuni Rossiyaning Anqaradagi elchisi Andrey Karlov "Rossiya turklar nigohida" nomli ko‘rgazma ochilishida ekanida otib o‘ldirildi. Unga suiqasd qilgan shaxs ham ko‘p o‘tmay yo‘q qilindi.

Tarqalgan videolarda u qotillikni amalga oshirib bo‘lgach, bu ishni Suriya uchun qasos sifatida amalga oshirganini aytib o‘tgan.

Bundan oldinroq, bu shaxs Anqara politsiyasi zobiti bo‘lgani haqida xabarlar berilgandi.

Mavzuga oid
Top