18:22 / 19.12.2016
9172

Rossiyaning Irkutsk viloyatida metanoldan zaharlangan 41 kishi halok bo‘ldi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida tarkibida metanol bo‘lgan texnik suyuqlik iste'mol qilinishi oqibatida ommaviy zaharlanishdan 57 kishi jabrlangan.

Irkutsk prokuraturasi zaharlanish tufayli 41 kishining jon berganini tasdiqladi. Huquq-tartibot idorasi bergan ma'lumotga ko‘ra, qurbonlarning barchasi «Boyarishnik» parfyumeriya damlamasini iste'mol qilgan. 

Hozirda viloyat kasalxonalarida qolayotgan kishilarning barchasi o‘ta og‘ir holatda bo‘lib, ayrimlari komaga tushgan. Halok bo‘lgan va kasalxonalarga yotqizilganlar orasida yoshi 35 dan 50 gacha bo‘lgan erkaklar va ayollar bor. 

Hodisa yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

19 dekabr kuni Irkutskda «Boyarishnik» damlamasi sotilishi taqiqlandi.

Shahar meri Dmitriy Berdnikov favqulodda holat rejimini joriy etgan.

Top