09:18 / 19.12.2016
8272

O‘zbekiston futzal terma jamoasi a'zosi 1,5 ming dollar miqdorida jarimaga tortildi

O‘zbekiston futzal terma jamoasi va “Ardus” (avvalroq “Olmaliq”) klubi o‘yinchisi Davron Choriyev Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Tartib-intizom qoidalari 66.1 bandini buzganligi uchun 1 500 dollar miqdorida jarimaga tortildi.

Davron Choriyev OFK qarorini hurmat qilmagani uchun jazolandi. Futzalchi 30 kun davomida jarima to‘lovini amalga oshirishi kerak bo‘ladi. Aks holda, Choriyev (OFK) Tartib-intizom qoidalari 66.1.1 bandiga muvofiq 3 000 AQSh dollari miqdorida jarima to‘lashi kerak bo‘ladi.

Davron Choriyev yuqorida ta'kidlangan jarimani qondirmagan taqdirda, unga nisbatan choralar ko‘rilishi va futzalga oid faoliyatdan diskvalifikatsiya qilinishi mumkinligi haqida rasman ogohlantirilgan.

Top