10:20 / 20.12.2016
4753

AQSh prezidenti 78 nafar mahbusni afv etdi

Foto: Google image

AQSh prezidenti Barak Obama 78 kishini afv etishga qaror qildi. Shuningdek, 153 nafar mahbusning jazo muddati qisqartirildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar bergan.

Ushbu shaxslarning barchasi giyohvand moddalarni saqlash, xarid qilish yoki tarqatish bilan bog‘liq moddalar bo‘yicha ozodlikdan mahrum etilgan. Ularning ba'zilari esa qo‘lga olish vaqtida qurollangan ham bo‘lgan. Mahalliy OAVning ta'kidlashicha, prezident bu borada o‘ziga xos rekord o‘rnatdi – u bir buyruq bilan 231 mahbusga yordam berdi.

Obama davlat rahbari sifatida hammasi bo‘lib 148 kishini afv etib, 1176 mahbusning jazo muddatini qisqartirgan. Ularning aksariyati umrbod ozodlikdan mahrum etilgandi.

Top