16:08 / 20.12.2016
4447

Britaniyaliklar eng kichik «kuchaytirilgan» VW haqida ma'lum qilishdi

Foto: Motor.ru

Germaniyaning Volkswagen konsernining Buyuk Britaniyadagi sho‘'ba korxonasi tomonidan shlab chiqilgan Volkswagen up! nomli ixcham va qulay avtomobilning «kuchaytirilgan» namunasiga doir ayrim texnik ma'lumotlarni Auto Express jurnali e'lon qilmoqda. Nashr jurnalistlari modelning GTI-modifikatsiyasi prototipida sayr qilishning ham uddasidan chiqishgan. 

Volkswagen up! GTI takomillashtirilgan uch silindrli motorining hajmi 1 litrga teng. Ancha yuqori bosim turbinasini qo‘llash natijasida agregat kuchi 90 ot kuchidan 115 ot kuchiga yetgan. Dvigatel olti bosqichli mexanik uzatmalar qutisi bilan mutanosib ravishda ishlaydi. 

Foto: Motor.ru

«Kuchaytirilgan» kompakt kar noldan soatiga 100 km tezlikka 8,8 soniyada erisha oladi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 192 kmni tashkil etadi. 

Foto: Motor.ru

GTI-modifikatsiyadagi mashinaning standart modelidan 15 dyuymli yengil qotishmali g‘ildiraklari bilan ham farqlanadi. 

Volkswagen up! GTI savdolari 2018 yil boshida boshlanadi.

Mavzuga oid
Top