08:54 / 20.12.2016
11737

Donald Tramp saylovning ikkinchi bosqichida ham yetarli ovoz to‘play oldi

Foto: Reuters

AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida hay'at a'zolarining talab qilingan 270 ovozini to‘pladi. Shu bilan uning yakuniy g‘alabasi mustahkamlandi va qonuniy tusga kirdi, deb xabar qilmoqda CNN telekanali.

Ta'kidlanishicha, Saylovchilar hay'ati natijalari rasman 6 yanvarda AQSh Kongressining ikkala palatasi qo‘shma majlisida sertifikatlashtiriladi. 

Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, Vashington shtatidan 4 nafar saylovchi o‘zlarining dastlabki qarashini o‘zgartirishgan. Qayd etilishicha, bir nafardan ortiq saylovchining o‘z fikrini o‘zgartirishi bilan bog‘liq holat 1872 yildan beri ilk marotaba kuzatilmoqda. 

 

Mavzuga oid
Top