16:29 / 20.12.2016
14956

Germaniya markazida otishma: Qurbon va jabrlanuvchilar bor

Germaniya markazida, Gessen yeri markazi hisoblanmish Visbaden shahrida ro‘y bergan otishma oqibatida 1 kishi halok bo‘lib, 2 kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy politsiya vakillari xabar berdi.

Hodisa Bibrix okrugida ro‘y bergan. O‘t ochgan shaxs yashiringan, uni qidirish uchun politsiya qo‘shimcha kuchlar va vertolyot safarbar etgan.

Jinoyat sabablari hozircha ma'lum emas.

Eslatib o‘tamiz, 19 dekabr oqshomida Germaniya poytaxti Berlin shahri markazida yuk mashinasi bayramga to‘plangan odamlar ustiga yurib borishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi va 48 kishi jarohatlandi. Hukumat bu hodisani terakt sifatida baholadi.

Top