14:38 / 20.12.2016
5249

Lukashenko: Yevropa mintaqasini xavfsiz hududga aylantirishimiz lozim

Foto: EPA

Belorussiya Yevropada hamkorlikni faollashtirish tarafdori. Bu mintaqadagi xavfsizlikni ta'minlashda juda muhim, deya ma'lum qildi respublika prezidenti Aleksandr Lukashenko Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Parlament assambleyasi o‘rinbosari Kent Xarsted bilan uchrashuvi chog‘ida.

"Bugun xavfsizlik va hamkorlik masalalari o‘zaro bog‘liq holda juda muhimdir. Hamkorliksiz xavfsizlik bo‘lishi mumkin emas", - deya ta'kidlab o‘tgan Lukashenko.

"Agarda biz hamkorlik qilmay, avvalgidek devorlar osha suhbatlashsak - mintaqada hech qanday xavfsizlik bo‘lmaydi", - deb hisoblaydi prezident. "Biz mintaqamizni xavfsiz hududga aylantirishimiz lozim", - dedi Lukashenko.

Belorussiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Minsk shahrida kelasi yilning yozida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan YeHXT Parlament assambleyasi sessiyasi "mintaqada barqarorlik va xavfsizlikni ta'minlash yo‘lida muhim qadam bo‘ladi".

Shuningdek, Lukashenkoning ta'kidlashicha, Belorussiya YeHXTning saylov qonunchiligini yaxshilash bo‘yicha fikrlariga quloq tutishga tayyor.
 

Mavzuga oid
Top