8337.07 USD +0.82

9498.42 EUR -34.92

123.36 RUB +3.51

10609.8 GBP +18.55

10:09 / 20.12.2016 7751

Sanktsiyalarga qaramay KXDR iqtisodiyotiga kiritilayotgan sarmoyalar hajmi oshmoqda

Foto: © Flickr

Shimoliy Koreya iqtisodiyotiga kiritilgan xorijiy sarmoyalar hajmi 2015 yilda 83 mln dollarga yetgan. Bu holat Koreya xalq demokratik respublikasining yadro va raketa dasturlari sabab joriy qilingan sanksiyalarga qaramay kuzatilmoqda. BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha Konferentsiyasi (UNCTAD )ning navbatdagi hisobotida shu haqda so‘z yuritilgan. 

KXDRga 2014 yilgi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy sarmoyalar 63 million dollarni tashkil etgan. Biroq, bir yil o‘tgach, ushbu mamlakatga kiritilgan xorijiy investitsiyalar hajmi 83 million dollarga yetgan. 2012 yilgacha bu raqam 14 million dollardan oshmagan.

UNCTAD hisobotiga ko‘ra, 2015 yil va 2014 yilda KXDR yalpi ichki mahsulotining o‘rtacha bir foizlik o‘sishi qayd etilgan. 

Shimoliy Koreya aholisining soni 2015 yilda 25 million 155 ming nafarga yetgan. 

Ma'lumki, KXDRga qarshi BMT Xavfsizlik Kengashi va alohida davlatlarning sanksiyalari joriy qilingan. Bunday choralar, ushbu mamlakatni yadro va raketa dasturlarini moliyalashtirish manbalaridan mahrum etish maqsadida qo‘llanilgan. 
 

Top