14:33 / 20.12.2016
28747

Toshkent shahri markazida Belgiyaning Roger gilamlar do‘koni ochildi

Toshkentning Amir Temur shox ko‘chasi va Kichik xalqa yo‘li kesishgan joydagi «Nurli poytaxt» savdo uyida yangi Roger — gilamlar do‘koni ish boshladi.

Roger — bu Belgiyaning ROGER VANDEN BERG kompaniyasi brendi hisoblanadi. Uning nomi bilan haqiqiy Yevropa gilamlari yodga olinadi. U yerda ipak va qo‘lda to‘qilgan maxsus antikvar gilamlarni ham topish mumkin.

Ushbu do‘kon «Bodomzor» metrosidan bir necha qadam uzoqdaligi, yaqinida keng avto-turargohning borligi, istalgan savolga javob berishga tayyor xushmuomala xodimlari va faqatgina sifatli gilamlari bilan e'tiborga molik.

Yaxshi gilamlar do‘konidan yana nima kutish mumkin? Albatta, mijozning hamyoni haqida qayg‘urish. Roger gilamlar do‘konida esa bu ham inobatga olingan.

Agar ofisingiz yoki uyingiz uchun sifatli gilamlar kerak bo‘lsa — shu yerdan topasiz. Do‘konga borib, shunchaki nima kerakligini aytasiz va o‘z ishining ustalari sizga minglab gilamlar orasidan istalgan ta'b va intererga mos gilamlarni ko‘rsatishadi.

Roger gilamlar do‘koniga sarflagan pulingiz evaziga yillab xizmat qiladigan sifatli, haqiqiy mahsulotga ega bo‘lasiz.

Eng yoqimlisi esa — har doim ushbu do‘kondan o‘zingizga zarur gilamni topa olishingiz mumkin. Shuning uchun, Toshkentning qayeridan gilam sotib olish kerak, degan savolga javob topildi, deb hisoblayvering.

Marhamat, Roger gilamlar do‘koniga tashrif buyuring:

Manzil: Amir Temur shox ko‘chasi va Kichik xalqa yo‘li kesishgan joydagi «Nurli poytaxt» savdo uyi;
Mo‘ljal: «Bodomzor» metro bekati;
Telefonlar:
(+998-97) 707-13-31
(+998-71) 234-88-80

Reklama huquqi asosida

Top