Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasida “Qozog‘iston va O‘zbekistonning jahon iqtisodiy trendi davridagi o‘zaro aloqalarining yangi imkoniyatlari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda savdo-sanoat palatasi, biznes-assotsiatsiyalar, ilmiy-tahliliy markazlar, OAV, shuningdek turli sohada faoliyat olib boruvchi 30 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etdi.
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Yerik Utembayev mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar, chegaraga yaqin mintaqalar o‘rtasidagi hamkorlik va tegishli loyihalar bo‘yicha o‘zaro ishlab chiqarishni rivojlantirish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Davra suhbati ishtirokchilari biznes yuritishda soliq va bojxona talablari, tranzit-transport infratuzilmasini rivojlantirish va transchegaraviy g‘ovlarni soddalashtirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Davra suhbati yakunida Ye.Utembayev Qozog‘iston elchixonasi o‘zbek kompaniyalarining qozoq bozoriga chiqishiga har tomonlama ko‘mak berishga tayyor ekanligini ma'lum qildi.