23:16 / 21.12.2016
11848

2016 yilda O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavotchilik mahsuloti eksporti 3 marotabaga oshdi

2016 yilning 9 oyida O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavotchilik mahsuloti eksporti jismoniy hajmda 3 marotabaga, ya'ni 90 ming tonnagacha oshdi. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev ma'lum qildi. 

"O‘zbekiston statistika ma'lumotlariga ko‘ra, 9 oy ichida O‘zbekistondan Rossiyaga meva-sabzavotchilik eksporti jismoniy hajmda 3 marotabaga, ya'ni 90 ming tonnagacha oshdi. Bugunda ikki davlat mutaxassislari O‘zbekiston meva-sabzavotchilik mahsulotining Rossiyaga yetkazilishini yanada oshirish uchun "yashil koridor" yaratish imkoniyatini ishlab chiqishmoqda", deb aytdi elchi.

Rossiyaga O‘zbekistondan paxta va to‘qimachilik mahsulotlarining yetkazilishi bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish uchun Toshkentga iyun va oktabrda rossiyalik tadbirkorlar kelishgan.   

Oktyabrda O‘zbekistonga Rossiya sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari A.N.Morozov boshchiligidagi avtomobil va qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqaruvchi korxonalar delegatsiyasi kelgandi. Muzokaralar davomida Rossiya tomoni bilan qishloq xo‘jaligi va avtomobilsozlikda sanoat kooperatsiyasini tiklash va rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirilgan.

Yozda Toshkentga Rossiya qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari S.L.Levin boshchiligida   meva-sabzavot mahsulotlari sotib olish bilan shug‘ullanuvchi Rossiya kompaniyalari vakillari delegatsiyasi tashrif buyurgan. Delegatsiya Xalqaro meva-sabzavotchilik yarmarkasi ishida ishtirok etgandi.  

 

Top