12:50 / 21.12.2016
6662

Yaponiya bahsli orollarda harbiy mashqlarni o‘tkazgan Janubiy Koreyaga o‘z e'tirozini bildirdi

Foto: AP

Yaponiya Koreya Respublikasiga Yapon dengizidagi Takesima (Tokto) orollari hududida harbiy o‘quv mashg‘ulotlarining boshlanishi munosabati bilan o‘z e'tirozini bildirdi, zero bu ikki mamlakat o‘rtasidagi hududiy bahs mavzusi hisoblanadi. Bu haqida Yaponiya tashqi ishlar vazirligining xabariga asoslanib, TASS agentligi ma'lum qildi. 

Manbada ta'kidlanishicha, Janubiy Koreyaning nomaqbul harakatlari Yaponiya pozitsiyasiga to‘g‘ri kelmaydi. E'tiroz Janubiy Koreyaning Tokiodagi elchixonasi orqali  yetkazildi. 

Avvalroq Takesima orollari hududida Janubiy Koreya harbiy-dengiz kuchlari (HDK) kemalari va harbiy-havo kuchlarit (HHK) samolyotlari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari boshlangandi. Bunday harbiy mashg‘ulotlar 1986 yildan buyon yilda ikki marta o‘tkazib kelinadi.  

Takesima (Tokto) - Koreya yarim orolidan sharqda joylashgan, umumiy maydoni 0,188 kv. kilometrga teng bo‘lgan kichik orollar guruhi. Bu hududlar 1945 yil - Koreya yapon mustamlakasidan ozod bo‘lgandan beri xalqaro bahs mavzusiga aylangan. 

 

Top