18:01 / 21.12.2016
67076

Armiyaga chaqiruv e'lon qilindi

Foto: O‘zA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shavkat Mirziyoyevning navbatdagi qarori e'lon qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risidagi qaror matni O‘zA tomonidan taqdim etilgan.

«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Chaqirilish muddatini kechiktirish huquqiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston Respublikasining chaqiruv yoshidagi fuqarolari 2017 yilning fevral-mart oylarida muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Muddatli harbiy xizmatni o‘tashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etish huquqiga ega bo‘lmagan, biroq ushbu chaqiruv mobaynida Qurolli Kuchlar safiga chaqirilmaydigan fuqarolar safarbarlik chaqiruvi rezerviga olinadi.

Muddatli harbiy xizmatning belgilangan muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilar 2017 yilning fevral-aprel oylarida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezerviga bo‘shatiladi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining kotibi V.Mahmudov zimmasiga yuklangan. 

Mavzuga oid
Top