20:55 / 21.12.2016
14852

Futbol olamidagi eng mojaroli inshoot qurilishi uchun ketgan mablag‘ miqdori ma'lum bo‘ldi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida qad rostlagan «Krestovskiy» stadionining umumiy byudjyeti miqdori aniq bo‘ldi.

Unga ko‘ra, 10 yilga yaqin vaqt mobaynida qurilgan ushbu stadion uchun ketgan xarajat miqdori 41 mlrd rublni tashkil etgan. Bu haqda Federatsiya Kengashi a'zosi Vadim Tyulpanov matbuot anjumanida ma'lum qilgan.

«Bu stadionga taxminan 41 mlrd rubl sarflandi. Umid qilamanki, bu summa bilan chegaralanamiz va boshqa xarajatlar qo‘shilmaydi. Kamida shunga umid qilaman.

Stadion qurilishidagi asosiy muammolardan biri loyiha chizmasi mualifi yapon arxitektorining o‘limi bo‘lgandi. Shu sabab boshida kiritilgan juda ko‘p takliflar amalga oshirilmasdan qolib ketdi. Loyihani boshqalar qayta ishlab chiqishiga to‘g‘ri keldi. Bu stadion qurilishining kechikishi uchun juda katta sabab.

Tushunaman, 10 yil — qurilish uchun juda katta muddat. Hattoki, u stadion bo‘lsa ham. Ammo eng asosiysi, u muzlatib qo‘yilmadi va oxiriga qadar qurildi», — deya Tyulpanovning so‘zlarini keltiradi Rambler News Service.

Top