14:53 / 21.12.2016
10517

Xitoy kompaniyalari BMW’ga o‘xshagani uchun jarimaga tortildi

Foto: motor.ru

Shanxay sudi Germaniyaning BMW avtomobilsozlik kompaniyasi foydasiga hukm chiqardi. Endilikda, Xitoyning ikki kompaniyasi mashhur savdo belgisining nomi va nishonidan noqonuniy foydalangani va nusxa ko‘chirgani uchun 3 mln yuan (431 ming dollar) tovon puli to‘laydi. Bu haqda, Shanghai Daily gazetasidagi xabarga asoslangan holda Reuters agentligi xabar qilmoqda.

Mahkama jarayonida aniqlanishicha, mahalliy tadbirkor Chjou Letsin 2008 yilda Deguo Baoma Group kompaniyasiga asos solgan bo‘lib, uning nomi xitoychada  «BMW nemis guruhi» degan ma'noda talaffuz qilinadi. Keyinroq, u BMN savdo belgisini ro‘yxat o‘tkazishda Bavariya avtomobil ishlab chiqaruvchisi timsoliga aynan o‘xshash bo‘lgan nishonni taqdim etgan. 

BMW brendiga o‘xshamoqchi bo‘lgan ikkinchi kompaniya sifatida liboslar ishlab chiqaruvchi Chuangjia firmasi topildi. Bir necha yillar mobaynida xitoyliklar BMW timsoli aniq ko‘rinib turadigan mahsulotlarni ishlab chiqargan.

Shu sababli, Xitoy sudi mazkur kompaniyalarni, mashhur nemis savdo belgisi va uning obro‘sidan foyda ko‘rish maqsadida foydalangan, deya xulosa qilgan. 

 

Mavzuga oid
Top