19:50 / 21.12.2016
20261

Quloqchinlarni qanday tozalash mumkin?

Foto: Pexels

Quloqchinlaringizni oxirgi marta qachon tozaladingiz? "Layfxaker" quloqchinlarga ziyon yetkazmay, chang va kirlardan qanday tozalash mumkinligi haqida hikoya qiladi. 

Bugungi kunda quloqchinlardan deyarli har kuni foydalanamiz: ishga yoki o‘qishga ketayotganda va u yerdan qaytayotganda. Quloqchinlarni sumkadan yoki cho‘ntagimizdan olayotganimizda, odatda ularning tozaligiga e'tibor bermaymiz.

Agar quloqchinlaringizni birovga berib tursangiz, ular bir kishidan boshqasiga bakteriya tashishi mumkin. Natijada bu quloq infeksiyasiga olib kelishi mumkin. Tabiiyki, ularni ozoda saqlash kerak, lekin qanday qilib? 

Quyida bu borada bir necha taklif beriladi.

Quloqchinlarni tozalash uchun iliq suv va sovun to‘g‘ri keladi. Shuningdek idish yuvish vositalaridan ham foydalanish mumkin. 

Bir parcha yumshoq mato va ozgina sovunli suv ham quloqchinlarni yaxshi tozalaydi. Sovunning haddan tashqari ko‘p bo‘lishi quloqchinlarda iz qoldiradi. Shu bois ularni vodorod peroksid bilan artib tashlash yaxshi natija beradi. 

Agar quloqchinlarning ichki qismida chang yoki kir yig‘ilgan bo‘lsa, uni eski tish cho‘tkasida tozalab ko‘ring. 

Agar quloqchinlarning ajraluvchi silikon qismi bo‘lsa, uni alohida olib, yuvib tashlang.

Quloqchinlarni hech qachon suvga solmang, hatto bir soniyaga ham. 

Unutmang! Quloqchinlarni faqat qurilmadan ajratilgan holatda tozalang. 

Mavzuga oid
Top