16:51 / 21.12.2016
10199

Lionel Messi va Luis Suares uchib yurgan dronni nishonga olishdi

Foto: Google image

«Barselona» futbol klubi yulduzlari Yaponiyada tashkil etilgan navbatdagi qiziqarli shouda ishtirok etishdi. Luis Suares va Lionel Messi boshqariluvchi dronni aniq nishonga olishga urinib ko‘rishdi, biroq faqat urugvaylik buni uddalay oldi, deb xabar bermoqda Tribuna.uz.

Ma'lumot uchun, Suares Ispaniya Primerasining joriy mavsumida 15 uchrashuvda qatnashib, 12 to‘p kiritdi hamda 5 golli uzatmani amalga oshirdi. Messi esa 13 bahsda 12 to‘p va 4 golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Top