08:38 / 21.12.2016
19368

Rossiya prezidenti dushmanlarning rejalarini tezkorlik bilan fosh qilish muhimligini aytdi

Foto:kremlin.ru

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya dushmanlari rejalarini tezkorlik bilan fosh qilish maxsus xizmatlar ishida katta ahamiyatga ega ekanligini aytdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. 

"Rossiyaga qarshi istalgan dushmanlarcha rejalarni ular qayerdan taralayotgan bo‘lmasin, o‘z vaqtida fosh qilish juda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, oxirgi yillarda xorijiy razvedkalarga, siyosiy, harbiy, iqtisodiy va ilmiy xarakterdagi ma'lumotni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan xizmatlarga qarshi kurashishda erishilgan muvaffaqiyatlarni mustahkamlash kerak", deb aytdi Putin Kremlda xavfsizlik organlari xodimlari bilan tantanali uchrashuvda.    

Putin davlat xavfsizligi xodimlarini vazifalarni hal qilishda yangi salmoqli natijalarga erishishga chaqirdi. Uning aytishicha, Rossiya davlat xavfsizligi organlari jiddiy tezkor texnik imkoniyatlarga, yuqori malakali xodimlarga ega va yaxlit uyg‘unlashgan jamoa kabi harakat qiladi.

 

Top