15:51 / 21.12.2016
8551

Toshkent-Kiyev yo‘nalishi bo‘yicha aviaqatnovlar qayta yo‘lga qo‘yilishi mumkin

Foto: Google image

O‘zbekiston va Ukraina hukumatlari 2017 yil boshida ikki tomon o‘rtasida Toshkent-Kiyev-Toshkent doimiy aviaqatnovini qayta tiklash imkoniyatini muhokama qilishni rejalashtirishmoqda. Bu haqda, O‘zbekiston Respublikasining Ukrainadagi elchixonasi matbuot xizmati xabar qilgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston va Ukrainaning aviatsiya sohasi rahbarlari mazkur masala bo‘yicha Toshkent shahrida muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent-Kiyev-Toshkent aviaqatnovi 2015 yil may oyidan amalga oshirilmaydi. 

 

Mavzuga oid
Top