11:53 / 21.12.2016
12168

Kar va zaif eshituvchi bolalar internatida sport turniri o‘tkazildi

2016 yil 20 dekabr kuni Toshkent shahridagi 106-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar maktab-internatida voleybol, armrestling, shaxmat va stol tennisi sport turlari bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada 100dan ortiq bolalar ishtirok etdilar.

Tadbir so‘ngida Paralimpiya Assotsiatsiya tomonidan barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Top