Berlin politsiyasi shahardagi nasroniy Mavlid bayrami munosabati bilan tashkil etilgan savdo yarmarkasida tergov ishlarini yakunladi. Bu yerda sodir etilgan terakt oqibatida 12 kishi halok bo‘lgan edi. Bu haqda, shahar huquq-tartibot idoralarining Twitter sahifasida e'lon qilingan.
«Jinoyat joyida tergov amaliyotlari yakunlandi. Biz Braytshaydplatsni Berlin aholisi ixtiyoriga topshiramiz», — deyiladi xabarda.
ITV News telekanali muxbiri Joanna Partrijning xabar qilishicha, Mavlid yarmarkasi ochilganidan so‘ng, Berlin aholisi vakillari yarmarkada bemalol harakatlanishgan.
Shu bilan birga, u rasman bugun, 22 dekabrdan ish boshlaydi.
Mazkur hududda savdo qilayotganlar ustiga yuk avtomobilini boshqarishda gumon qilinayotgan tunislik Anis Amri Italiya qamoqxonasida 4 yil o‘tirib chiqqani ham aniqlangan.