07:32 / 22.12.2016
7807

Erdo‘g‘an Suriyaning yana bir shahri IShIDdan ozod qilinishini aytdi

Foto: © AFP

IShID terrorchilik guruhi Suriyaning Al-Bob shahrida oxirgi kunlarini yashamoqda va yaqin orada shahardan siqib chiqariladi, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an. 

"IShID Al-Bobda oxirgi kunlarini yashamoqda. Terrorchilar istalgan vositalar bilan: xudkushlar, qo‘lbola portlovchi qurilmalarni qo‘llab shaharda qolmoqchi. Afsuski, turk tomondan qurbonlar va yaradorlarsiz iloji bo‘lmadi. Biroq Al-Bob va Halab o‘rtasidagi yo‘l nazorat ostiga olindi. Umid qilamanki, Al-Bob yaqin orada ozod etiladi, uning aholisi esa o‘z uylariga qaytadi", deb aytdi Erdo‘g‘an Anqaradagi matbuot-anjumanda. 

Turkiya armiyasi Suriya muxolifati bilan birgalikda Suriya shimolidagi Jarablus shahrini o‘z nazoratiga olgan va ayni vaqtda Al-Bob uchun janglar olib bormoqda.

 

Top