11:49 / 22.12.2016
60191

Fotojamlanma: 2016 yilning eng muhim voqealari

31 dekabrga ham bir necha kun qoldi. Biz esa yakuniga yetayotgan yilda ro‘y bergan eng muhim voqealarni fotosuratlar yordamida bir yerga jamlashni ma'qul topdik. Ular orasida – AQSh prezidentligiga saylovlar va Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi haqidagi referendum, qochqin va muhojirlarning hayoti, Olimpiya o‘yinlari va futbol bo‘yicha Yevropa chempionati kabi hodisalar aks etgan tasvirlar bor.

Foto Atlantic.

Robin Roy AQSh prezidentligiga Respublikachilar partiyasidan nomzod Donald Trampni ko‘rganidan juda xursandligi bilinib turibdi. Louell shahri, Massachusets, 4 yanvar.

Foto «Gazeta.ru».

Moskvadagi Tretyakov galereyasida rassom Valentin Serov ishlariga bag‘ishlab ochilgan ko‘rgazmaga kirish uchun navbat.

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg va jurnalistlar Butunjahon mobil kongressida Gear VR virtual reallik ko‘zoynaklarida. Barselona. 22 fevral.

Aktyor Leonardo Di Kaprio ilk bora «Oskar» mukofotiga loyiq topildi. 28 fevral.

Foto AFP.

Norozilik namoyishi ishtirokchilari Braziliya prezidenti Dilma Rusef iste'fosini talab qilishmoqda. San-Paulu. 13 mart.

Foto AFP.

Qochqin va muhojirlar o‘zlari uchun yopib qo‘yilgan Makedoniyaga borish maqsadida Gretsiyadagi Idomeni qishlog‘ida daryodan o‘tishmoqda. 14 mart.

Foto Atlantic.

AQSh prezidenti Barak Obama va uning oilasi bortida bo‘lgan samolyot Kuba poytaxti – Havana ustidan uchib o‘tmoqda. Bu AQSh rahbarining mamlakatga so‘nggi 88 yildagi birinchi rasmiy tashrifidir. 20 mart.

Foto AFP.

Suriyalik ko‘ngillilar va qutqaruvchilar Halabdagi vayron bo‘lgan binodan bolani olib chiqishmoqda. 28 aprel.

Foto Reuters.

Sharqiy Ukrainadagi saylovlarga qarshi norozilik namoyishi. 20 may.

Foto Reuters.

Liviya qirg‘oqlarida muhojirlar bo‘lgan hamda ag‘darilib ketgan kema cho‘kmoqda. 25 may.

O‘zbek xalqi o‘zining atoqli farzandi, jamoat va davlat arbobi, shoir va dramaturg Erkin Vohidovdan ayrildi. 2016 yil 30 may.   

Foto Reuters.

IShID jangarilaridan ozod qilingan ayol niqobini yechmoqda. Manbij, Suriya, 9 iyun.

Foto Reuters.

AQShning Luisvill shahrida bokschi Muhammad Ali bilan vidolashuv. AQSh. 10 iyun.

Foto Reuters.

Londonda gvardiyachi askar qirolicha Yelizavetaning tavallud kuniga bag‘ishlangan har yilgi marosimda hushidan ketib qoldi. Qirolicha esa 90 yoshga kirdi. 11 iyun.

Foto Associated Press.

Dallasdagi tartibsizliklar. Bu yerda 8 iyulga o‘tar kechasi besh nafar politsiyachi otib o‘ldirildi.

Foto Reuters.

Yyeshia Evans afroamerikalik Alton Sterling politsiyachi tomonidan otib o‘ldirilgandan so‘ng norozilik aksiyasida. Baton Ruj, Luiziana shtati, 9 iyul.

Foto AFP.

Parijdagi Eyfel minorasi yonida o‘rnatilgan katta ekranda futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining Portugaliya va Fransiya o‘rtasidagi final uchrashuvi translyatsiya qilinmoqda. 10 iyul.

Foto AFP.

Devid Kemeron Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan ajralib chiqishi haqidagi referendum natijalari e'lon qilingach, oilasi bilan Dauning-stritdagi qarorgohni tark etmoqda. 13 iyul.

Foto AFP.

Turkiya prezidenti Rejyep Toyyib Erdo‘g‘an harbiy to‘ntarishga urinish vaqtida halok bo‘lgan kishilarning dafn marosimidan so‘ng. 17 iyul.

Foto AFP.

Kishilar Nitstsa sohilida ro‘y bergan terakt qurbonlarini yodga olish uchun yig‘ilishdi. Bu yerda yuk mashinasi haydovchisi 14 iyul kuni Bastiliya egallangan kun munosabati bilan uyushtirilgan mushakbozlikni ko‘rish uchun yig‘ilgan kishilarga borib urildi. 17 iyul.

Foto AFP.

AQSh prezidenti Barak Obama Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Hillari Klinton bilan. Filadelfiyadagi Demokratik partiya qurultoyida. 27 iyul.

Foto AFP.

Fotosuratchi Palmiradagi Baal ibodatxonasi tasvirlangan o‘z suratini IShID jangarilari tomonidan 2015 yilda buzib tashlangan vayronalar fonida ushlab turibdi.

Foto AFP.

Favelada yashovchilar Olimpiya o‘yinlarining ochilish marosimini kuzatishmoqda. «Marakana», Rio-de-Janeyro. 5 avgust.

Foto AFP.

Italiyaning Amatriche shahri fuqarolari kuchli zilzila qurbonlarini vayronalar tagidan izlashmoqda. 24 avgust.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya va Paralimpiya terma jamoalari Rio-2016 Olimpiada va Paralimpiada musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashib, milliy rekord o‘rnatishdi. 2016 yil, avgust-sentabr oylari.

2016 yil 2 sentabr kuni mustaqil O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yana bir og‘ir musibatga uchradi. Shu kuni O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov olamdan o‘tdi. U 2016 yil 3 sentabrda Samarqand shahrida dafn etildi.

Foto Associated Press.

Parasnoubordchi Emi Purdi Paralimpiya o‘yinlarining ochilish marosimida. «Marakana», Rio-de-Janeyro. 7 sentabr.

Foto AFP.

Fransiyadagi mehnat islohotiga qarshi norozilik namoyishi ishtirokchisi svetoforda o‘tiribdi. Nant, 15 sentabr.

Foto AFP.

Tailand qiroli Pxumipon Adulyadetning suratini ko‘tarib olgan ayol monarx o‘limidan qayg‘uda. 14 oktabr.

O‘zbekiston Respublikasi madhiyasining muallifi, atoqli jamoat va davlat arbobi, shoir Abdulla Oripov 2016 yil 5 noyabrda AQShning Xyuston shahrida vafot etdi. Dafn marosimi Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi. 

Foto Reuters.

AQSh rahbari Barak Obama va mamlakatning saylangan prezidenti Donald Tramp Oq uydagi suhbatdan so‘ng. 10 noyabr.

Foto AP.

Nyu-Yorkdagi Tramp-tauer binosi qarshisida AQShning saylangan prezidenti Donald Trampga qarshi norozilik namoyishi. 12 noyabr.

Foto AP.

Kuba harbiy xizmatchilari davlatning sobiq yetakchisi Fidel Kastroning jasad kuli solingan urna Santa-Klara ko‘chalaridan olib o‘tilgandan so‘ng. 1 dekabr.

Foto: O‘zA

2016 yil 4 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi prezidentligi uchun oshkora va demokratik tamoyillar, xalqaro huquq me'yorlariga rioya qilingan holda prezidentlik saylovi bo‘lib o‘tdi. 

Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

2016 yil 14 dekabr kuni O‘zbekistonning yangi saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida tantanali ravishda qasamyod qilib, o‘z lavozimini bajarishga kirishdi.

Foto AP.

Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovni otib o‘ldirgan Mert Oltintosh. 19 dekabr.
 

Mavzuga oid
Top