03:36 / 22.12.2016
6549

Fransiya chempionati. «PSJ» va «Monako» g‘alaba qozondi, «Nitstsa» ochko yo‘qotdi

Foto: Twitter/PSG_inside

Fransiya chempionatining birinchi davrasiga yakunlab bergan uchrashuvlarning barchasi bir vaqtda bo‘lib o‘tdi.

Peshqadam «Nitstsa» «Bordo» mehmoni bo‘lib ochko yo‘qotgan bo‘lsa, uni ta'qib etib kelayotgan «Monako» bu turda «Kan»dan ustun keldi va yetakchi bilan oradagi farqni 2tagacha qisqartirdi. «PSJ» esa o‘z uyida «Loryan»ni ayab o‘tirmadi 5:0. Chempionlik uchun uchchala jamoa kurashni davom ettirishmoqda.

Shuningdek bu turda «Marsel» navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi. «Lion» ham o‘z uyida «Anjyer»dan ustun kelib, kuchli uchlikdan ortda qolib ketmaslikka harakat qilmoqda. 

O‘tgan turda «PSJ»dan ustun kelgan Gengam esa bu turda «Metts» mehmoni bo‘lib so‘nggi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi. Shu va boshqa birinchi davraning so‘nggi tur uchrashuvlari bilan quyida tanishib olishingiz mumkin.

Fransiya 1-divizioni, 19-tur

PSJ – Loryan 5:0 (2:0)
Gollar:
Mene (25), Ture (44, avtogol), Tiago Silva (50), Kavani (63, penalti), Lukas Moura (70).
PSJ: Trapp, Markinos, Kurzava, Mene, Tiago Silva, Verratti, Motta (Krixovyak, 68), Lukas Moura, Nkunku, Matyuidi (Ikone, 74), Kavani (Ogyusten, 77).
Loryan: Delekrua, Ture, Lotoa (Ganduzi, 61), Le Goff, Siani, Meslub, Mvuemba, Marvo, Uoris (Kabo, 42), Mukandjo (Janno, 53), Koffi.

Bordo – Nitstsa 0:0
Bordo:
Prior, Levchuk, Pellenar, Gayich, Plashil, Sertich, Vada, Tulalan, Malkom (Kamano, 81), Labord, Rolan.
Nitstsa: Kardinal (Benites, 56), Byurne, Sarr, Suke, Le Marshan, Seri, Sipren, Kozello, Belhanda, Plea, Balotelli.
Chetlatishlar: Balotelli (90+2), Belhanda (90+5, ikkalasi Nitstsa).

Monako – Kan 2:1 (0:0)
Gollar:
Falkao (48, penalti), Bakayoko (76) – Bazil (90+4).
Monako: Subashich, Glik, Sidibe, Ture, Jyemerson, Bakayoko, Moutinyu, Lemar, Bernardu Silva (Dirar, 71), Mbappe (Jyermen, 80), Falkao (Fabino, 89).
Chetlatish: Da Silva (51, Kan).


 

Bastiya – Marsel 1:2 (0:1)
Gollar:
Djiku (83), Gomis (7), N`Ji (90+1).
Marsel: Pele, Fanni, Rekik, Sakai, Rolandu, Zambo, Venker, Toven, Lopes (Diarra, 79), Kabella (N`Ji, 89), Gomis (Sarr, 63).

Nant – Monpele 1:0 (1:0)
Gol:
Lukas Lima (12, penalti).

Metts – Gengam 2:2 (1:0)
Gollar:
Ngette (12), Diallo (90+2, avtogol) –  Brian (49, 74).

Sent-Eten – Nansi 0:0
Chetlatish:
Kabako (60, Nansi).

Lill – Renn 1:1 (0:1)
Gollar:
Eder (89) – Ntep (22).

Lion – Anjyer 2:0 (1:0)
Gollar:
Lyakazett (9), Fekir (84).
Lion: Antoni Lopesh, Yanga-Mbiva, Morel (Ribus, 46), Jalle, Diakabi, Valbuena (Ferri, 82), Tuzar, Gezzal (Korne, 67), Gonalon, Fekir, Lyakazett.

Dijon – Tuluza 2:0 (0:0)
Gollar:
Tavaresh (49, penalti), Le-Melu (52).

Top