07:39 / 22.12.2016
7084

Hindiston bosh vaziri muxolifat tomondan ayblanmoqda

Foto: Reuters

Hindistonning "Hind milliy kongressi" muxolif partiyasi yetakchisi Raxul Gandi Hindiston bosh vaziri  Narendra Modini Gujorot shtati vaziri bo‘lganda pora olganlikda ayblamoqda. Bu haqda Times of India nashri yozmoqda.

Gandi Modi Sahara Group kompaniyasidan bir necha marotaba "otkat"lar olganini aytdi. Uning aytishicha, Modining poralar olgani haqidagi yozuvlar Hindiston soliq departamenti ixtiyorida mavjud. Departament Modi tomondan korrupsiyaga yo‘l qo‘yilganini tasdiqlovchi bu hujjatlarni 2014 yilda Sahara Group va Aditya Birla Group kompaniyalarida tekshiruvlar o‘tkazganda qo‘lga kiritgan.

Biroq Gandining aytishicha, ular Modiga nisbatan hech qanday choralar ko‘rishmayapti. Muxolif partiya yetakchisi mustaqil tergov o‘tkazishni talab qilmoqda.

Modi a'zo bo‘lgan Hind milliy partiyasida Gandi saylovlarda yutqazgandan keyin asossiz gaplar aytmoqda, degan fikrga kelingan.

Dekabrda Modi AQShning Time jurnali talqiniga ko‘ra "Yil odami" deb topilgandi.

 

Top