22:13 / 22.12.2016
11449

Krishtianu Ronaldu Falastinda yil odami bo‘ldi

"Real" jamoasining portugaliyalik futbolchisi Krishtianu Ronaldu Falastinda yil odami deb topildi. Bu haqda AS xabar berdi.

U "sportcha va insoniylik fazilatlari" uchun shunday mukofotga munosib ko‘rilgan.

Marosim tashkilotchisi Holid Shuman ushbu futbolchi shu yilning martida bombardimonlar ostidan chiqqan 5 yoshli bola bilan uchrashganini eslatib o‘tgan.

Avgust oyida esa Ronaldu Yaqin Sharq masalasi borasida Falastin tomonida ekani uchun Isroil bosh vaziri bilan uchrashuvdan bosh tortgandi. U Isroil terma jamoasiga qarshi o‘yinda raqib bilan libos almashtirishga ham rozi bo‘lmagan.

Bundan tashqari, u "Oltin butsa"sini kim oshdi savdosida sotib, pulini (1,5 million dollar) falastinlik bolalar uchun xayriya qilgandi.

Top