15:36 / 22.12.2016
5779

Taylandda 48 nafar talaba bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi

Foto: Google image

Taylandda talabalar ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Xabarlarga ko‘ra, Bangkok texnologiya institutining 48 nafar talabasi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 44 talaba jabrlangan, deb yozmoqda Bangkok Post nashri.

Avtohalokat 22 dekabr kuni Kampxeng-Pxet viloyatida sodir bo‘lgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgani oqibatida  avtobus yo‘lda ag‘darilib ketgan. Shu sababli, Taylandning asosiy shaharlararo avtomagistrallaridan biri Pxaxonyotxin shossesidagi harakatni izdan chiqargan.

44 nafar talab yengil jarohat olgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

 

Top