20:17 / 22.12.2016
5707

Turkiya bosh vaziri terrorchilikka qarshi ikkilik standartlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini aytdi

Foto: Reuters

"Biz davlatimiz birdamligi va yaxlitligini saqlab qolamiz va Turkiyaning kimningdir vassaliga aylanishiga yo‘l qo‘ymaymiz", deb aytdi Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Anqarada Turkiyaning yetakchi Adolat va rivojlanish partiyasining hududiy vakolatxonalari rahbarlari yig‘ilishida.

Uning aytishicha, Turkiya uchun terrorchilikka qarshi kurash hayot-mamot masalasini anglatadi. "Bu turk xalqining birdamligi uchun buyuk kurashdir", deb aytdi Yildirim.

Yildirim Turkiya va Germaniyada sodir etilgan oxirgi teraktlarga e'tibor qaratdi.

Uning aytishicha, bu teraktlar birorta davlat terrorchilikdan himoyalanmaganligidan darak beradi. "Turkiyada sodir etilgan teraktlarni faqatgina bizning davlatimiz ichki ishi deb hisoblash, katta xatodir", deb ta'kidlab o‘tdi Yildirim. 

Uning aytishicha, Suriya va Iroqda harakat qiluvchi terrorchilik guruhlari faqatgina Turkiyaga xavf soladi, deb hisoblayotganlar chuqur yanglishadilar. "Terrorchilik butun xalqaro hamjamiyat muammosi, u bu masalada ikkilik standartlaridan voz kechishi kerak", deb aytdi Turkiya bosh vaziri.  

"Turkiyani fitnalar bilan yutib bo‘lmaydi. U parchalash va barbod qilish mumkin bo‘lgan davlatmas. Toki biz birdam ekanmiz, hech kim ustimizdan g‘alaba qila olmaydi", deb o‘z so‘zlarini intiholagan Yildirim.

 

Mavzuga oid
Top