12:22 / 23.12.2016
10829

Afg‘onistonda “Tolibon” harakatining yetakchi qo‘mondoni o‘ldirildi

Foto: ria.ru

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari mamlakat shimoli-sharqidagi Bog‘lon viloyatida “Tolibon” radikal harakatining yetakchi qo‘mondonlaridan birini yo‘q qildi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar tarqatgan.

“Xavfsizlik kuchlari juma kuni ertalab Bog‘lon viloyatida maxsus amaliyotni amalga oshirishdi. Buning oqibatida “Tolibon”ning yetakchi qo‘mondonlaridan biri Mulla Sibg‘atulloh o‘ldirildi. Uning odamlari esa qochib qolishgan. Tadbir razvedka ma'lumotlari asosida amalga oshirildi”, - deya xabar bergan afg‘on xavfsizlik kuchlari vakili agentlikka.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Sibg‘atulloh bir necha yil davomida Bog‘lon viloyatida terrorchilik faoliyatini tashkil etish bilan shug‘ullangan.
 

Top