8392.2 USD -2.95

9477.31 EUR -32.72

126.25 RUB -1.42

10816.7 GBP -52.49

08:03 / 23.12.2016 2163

British Airways bortkuzatuvchilari ish tashlashni bekor qilishga rozi bo‘lishdi

Foto: Reuters

British Airways bortkuzatuvchilari Rojdestvo bayrami arafasida rejalashtirilgan ommaviy ish tashlashni bekor qilishga rozi bo‘lishdi. Bu haqda Britaniyaning Unite kasaba uyushmasi ma'lum qildi

Kasaba uyushma bosh kotibi Len Makklaski bu qarorga nima xizmat qilganini aytdi.

"Bizda aviakompaniyadan yangi taklif bor, biz uni a'zolarimizga jo‘natamiz. Rojdestvo va Sovg‘alar kuniga (25 va 26 dekabr) rejalashtirilgan ikki kunlik ish tashlash bekor qilindi. Bizning a'zolarga British Airways muammoni yengish uchun yetarlicha ish qilganini hal qilishiga to‘g‘ri keladi", deb aytdi Makklaski.

Avvalroq British Airways bortkuzatuvchilari Rojdestvo arafasida ish tashlashni o‘tkazishlari ma'lum qilingandi. Noroziliklarga "faqirona" maoshlar va ish beruvchi tomondan o‘z va'dalarining bajarilmasligi sabab deb aytilgandi.

 

Top