«Boka Xuniors» futbol klubi hujumchisi Karlos Teves o‘z sevgilisi Vanessa Mansilya bilan turmush qurdi. Tantanali marosim 22 dekabr kuni Buenos-Ayres yaqinidagi San-Isidro shahrida bo‘lib o‘tdi. Tadbirga 260 kishi taklif etilgan bo‘lib, u to‘rt kun davom etadi. Bu haqda Tribuna.uz xabar bermoqda.
Shuni qo‘shimcha qilib o‘tish joizki, Teves va Mansilya uch farzandga ega: Florentsiya (9 yosh), Keti (6 yosh) hamda Lito (2 yosh).