08:37 / 23.12.2016
12582

Xitoyda antiqa qorbobo yasaldi

Foto: WWW.NEWS.CN

Xitoyning Xarbin shahrida 34-marotaba o‘tkazilayotgan, qordan yasaladigan skulpturalar ko‘rgazmasida 34 metrlik ulkan qorbobo yasaldi. Bu haqda UPI axborot agentligi xabar bermoqda. 

Tadbirdan olingan videoda qordan yasalgan ajdarho, qasr, ulkan qor parchasi va bir necha minoralarni ko‘rish mumkin. Bu antiqa skulpturalarni yaratish uchun 120 ming kub metr qor talab etilgan.

17 dekabrda Xitoyning Chanchun shahrida fransiyalik rassom Nikolay Popov tomonidan shokoladdan yaratilgan 700 ga yaqin skulptura taqdim qilingandi. Ular orasida shokoladdan yasalgan budda va terrakot armiyasining kichik nusxasi ham bo‘lgan.

 

Mavzuga oid
Top