00:33 / 23.12.2016
7711

Italiyadagi shaharlarda mushakbozlik qilish cheklab qo‘yildi

Foto: flickr.com/ Luca Paletta

Italiyadagi shaharlar, jumladan Rim va Turin ma'muriyati Yangi yil kechasida petarda va mushaklar qo‘llashni cheklashga ko‘rsatma berdi. Bu haqda Italiyaning hayvonlar va atrof-muhitni himoya qilish uyushmasi ma'lum qildi.

Rim meri Virjiniya Raji 29 dekabrdan 1 yanvarning soat 24.00 gacha "aholi punktlari, odamlar va hayvonlardan 200 metrdan kamroq masofada petarda, mushak va boshqa pirotexnika vositalarini qo‘llashni to‘liq taqiqlovchi" farmonni imzoladi. Ushbu taqiqlovni buzganlik uchun 25 yevrodan 500 yevrogacha jarima solinadi.

Turin meri Kyara Appendino bu qarorni mushakbozlik atrof-muhitga, odamlar va hayvonlar uchun xavfli ekani bilan tushuntirdi.

Ko‘plab boshqa shaharlarda bu tashabbus tayyorlanish jarayonida turibdi, deb ta'kidlab o‘tgan RaiNews24 telekanali. 

 

Top