16:06 / 23.12.2016
9057

Liviya samolyoti olib qochildi

Liviyadagi Afriqiyah Airways aviakompaniyasining yo‘lovchi samolyoti olib qochildi. Bortida 118 kishi bo‘lgan ushbu samolyot Maltaga qo‘ndirilgan. Bu haqda Maltadagi nashrlarga asoslanib, Reyters agentligi xabar berdi.

Nashrlar ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilardan 2 nafari samolyotni portlatib yuborish bilan tahdid qilgan. Ularning talablari hozircha ma'lum emas.

The Times of Malta nashrida aniqlik kiritilishicha, Airbus A320 Sabha shahridan mamlakat poytaxti Tripoliga reysni amalga oshirayotgan samolyoti 2 nafar noma'lum shaxs tomonidan olib qochilib, Maltaga qo‘ndirilgan.

Malta bosh vaziri bu haqda xabardor ekanini ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur axborot huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘rganilmoqda.

Mavzuga oid
Top