18:15 / 23.12.2016
19213

Moskvaning sobiq meri klinik o‘lim holatiga tushdi

Moskva shahrining sobiq meri Yuriy Lujkov shoshilinch ravishda shifoxonaga yotqizildi. Shifokorlar uni klinik o‘lim holatidan olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda "Interfaks" agentligi xabar berdi.

Lujkovning matbuot kotibi Gennadiy Terebkov esa klinik o‘lim holati haqidagi xabarni tasdiqlamadi.

"Hech qanday favqulodda holat bo‘lmadi. Men Yuriy Mixaylovich bilan gaplashdim", degan u.

80 yoshda bo‘lgan Lujkov kutubxonada hushidan ketgan.

Top