19:39 / 23.12.2016
71586

Putindan prezidentlik paytidagi eng katta xatosi haqida so‘rashdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin «Bloknot» agentligi jurnalisti Vladimir Gusevning savoliga javob berdi. OAV xodimi undan prezidentlik muddatlari davomida yo‘l qo‘ygan eng katta xatosi nimada ekani bilan qiziqqan. 

Putinning ta'kidlashicha, unga bunday savollar juda ko‘p marotaba berilgan va har kim ham xato qilishi mumkin ekan. Uning so‘zlariga ko‘ra, «busiz hech bir inson yashamaydi va ishlamaydi».

«O‘z xatolarimdan xulosa chiqarishga intilaman. Bu ular kelajakda kamroq bo‘lishi uchun qilinadi», - deya xulosa qilgan davlat rahbari.

Ma'lumot uchun, Rossiyada navbatdagi prezidentlik saylovlari 2018 yilda bo‘lib o‘tadi. Saylangan yetakchi bu lavozimda olti yil qoladi. Putin esa o‘z nomzodini yana qo‘yish imkoniga ega, biroq bu borada hali yakuniy qarorga kelmagan.
 

Top