20:59 / 23.12.2016
36119

Tramp: Mayli, qurollanish poygasini boshlaymiz

Foto: AFP

AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp o‘zining AQSh yadro salohiyatini yanada kuchaytirish haqidagi so‘zlarini izohladi.

"Mayli, qurollanish poygasini boshlaymiz. Biz barcha jabhada ustunlik qilamiz va omon qolamiz", — degan u MSNBC telekanali efirida.

22 dekabr kuni Donald Tramp o‘z tvitterida, «dunyo yadro quroliga nisbatan qarashini o‘zgartirmas ekan», Qo‘shma Shtatlar o‘z yadro salohiyatini kuchaytirishi lozim degan fikrlarni yozgan edi.

Mavzuga oid
Top