00:39 / 24.12.2016
14627

Italiya Superkubogi, final. "Yuventus" - "Milan": g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi

Qatarning Doha shahrida "Yuventus" hamda "Milan" klublari o‘rtasida Italiya superkubogi finali bo‘lib o‘tdi. 

"Yuventus" 18-daqiqada Kellinining goli evaziga oldinga chiqib oldi. "Milan" birinchi bo‘lim oxirida hisobni tenglashtirdi. Milanliklar goliga Bonaventura mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘lim hamda qo‘shib berilgan bo‘limlarda ham jamoalar hisobni ocha olmadi va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda "Milan" 4:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Yuventus – Milan 1:1 penaltilar seriyasi - 3:4
Gollar:
1:0 – 18 Kellini, 1:1 – 38 Bonaventura.
Yuventus – Buffon, Lixtshtayner, Rugani, Kellini, Aleks Sandro (Evra, 33), Xedira, Markizio, Pyanich (Dibala, 67), Sturaro (Lemina, 79), Manjukich, Higuain.
Milan – Donnarumma, Romanoli, De Shilo, Abate (Antonelli, 102), Paletta, Kutska, Lokatelli (Pashalich, 74), Bonaventura, Bertolachchi, Suso, Bakka (Lapadula, 102).
Penaltilar seriyasi: 1:0, 1:1, 2:1, 2:2, 3:2, 3:3, 3:4.
Ogohlantirishlar: Lixtshtayner (35), Romanoli (43), Kutska (58), De Shilo (70), Higuain (120).

Top