8518.68 USD +5.11

9652.52 EUR +145.42

131.33 RUB +0.92

10847.7 GBP +94.20

23:23 / 25.12.2016 15616

Chexiya prezidenti yurtdoshlariga "noodatiy" tilak bildirdi

Chexiya prezidenti Milosh Zeman katolik Rojdestvo bayramida yurtdoshlariga "xatarlarga to‘la xavfli hayot" tilab qoldi. Zeman bu tilakni Chexiyaning Frekvence 1 radiostansiyasiga bergan intervyusida bildirdi.  

"Men biroz o‘zgacharoq bo‘lishga harakat qilib ko‘raman. Agar men radiotinglovchilarga faqat salomatlik, baxt va uzoq yil tilab qolganimda, bu faqatgina chiroyli so‘zlar bo‘lardi. Men sizlarga xavfli hayot tilab qolaman. Xatarlar, kurashlar va g‘alabalarga to‘la hayotni! Chunki hech qanday kurash bo‘lmaganda, g‘olib ham bo‘la olmaysiz. Sizlarga omad tilayman!", deb tilak bildirgan Chexiya prezidenti. 

Zeman bilan intervyu uning Lanadagi qarorgohida bo‘lib o‘tgan. 

 

Top