22:02 / 25.12.2016
5954

Yelizaveta II betobligi tufayli oilaviy Rojdestvo bayramiga bora olmaydi

Foto: VVS

Buyuk Brityaniya qirolichasi Yelizaveta II Sandrinhemdagi cherkovda o‘tkaziladigan Rojdestvo bayrami doirasidagi marosimga bormaydi. U hali shamollashdan to‘la sog‘aymagan.

Sandrinhemdagi an'anaviy Rojdestvo bayramiga qirollik oilasining barcha a'zolari jam bo‘ladi.

Qirolicha betobligi tufayli turmush o‘rtog‘i bilan birga Angliya sharqidagi Sandrinhem mulkiga safarni bir necha kunga kechiktirishga majbur bo‘lgan.

Seshanba kuni Bukinhem saroyidagilar qirolicha Yelizaveta II 25ta milliy tashkilotlar, shu jumladan sport assotsiatsiyalariga homiy bo‘lishni to‘xtatishi haqida ma'lum qilingandi. Keyingi yildan ularga qirollik oilasining boshqa vakili homiylik qiladi.

Mavzuga oid
Top