23:13 / 25.12.2016
36372

Internetda Tu-154 falokatga uchrashi vaqtida shubhali holat qayd etilgan video paydo bo‘ldi

Internetda Sochi yaqinida Rossiya mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti falokatga uchrashi vaqtida ko‘chadagi videokuzatuv kamerasi tomonidan yozib olingan video paydo bo‘ldi. Videoda fojyea vaqtida osmonda yorqin chaqnashni yaqqol ko‘rish mumkin. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlar va Youtube videoblogiga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilindi. 

Internet foydalanuvchilari orasida bu chaqnash nima ekanligi borasida qizg‘in muhokama ketmoqda.

Avvalroq mutaxassislar samolyot havoda portlagan bo‘lishi mumkinligini aytishgan. Ularning fikricha, samolyot bo‘laklarining katta hududga sochilib ketgani shundan darak beradi.

Biroq keyinroq terakt versiyasi istisno qilinishi, bo‘laklar esa samolyotning suv sirtiga kuchli urilishi sababli katta masofaga tarqab ketgani ma'lum qilingan. 

Fojyea 25 dekabr tonggi soat 5.00 atrofida sodir bo‘lgan. Samolyot Sochidan Suriyaga uchib ketayotganda radarlardan yo‘qolib qolgan. Samolyotda 92 kishi, jumladan harbiylar, jurnalistlar, artistlar bo‘lgan. Ular Halabda konsert berishi ko‘zda tutilgandi. 

Top