15:58 / 25.12.2016
20117

Iosif Kobzon halokatga uchragan samolyot bortida bo‘lishi kerak edi

Foto: Google image

Davlat Dumasi madaniyat qo‘mitasi rahbarining birinchi o‘rinbosari, SSSR xalq artisti Iosif Kobzon Mudofaa vazirligining halokatga uchragan Tu-154 samolyoti bortida parvoz qilishi kerak bo‘lgani haqida ma'lum qildi. TASS agentligi shu mavzuda xabar berdi.  

"14 dekabrda biz A.V.Aleksandrov nomidagi Rossiya ashula  va raqs dastasi bilan Kolonna zalida konsert berdik va Halilov (ansambl rahbari) mendan ular bilan birga parvoz qilishni so‘radi, biroq men unga tibbiy vizam borligi hamda davolanishga ketishim kerakligini aytdim. Men ular bilan bir marta Suriyada bo‘lib qaytganman. Davolanish vaqti kelgani uchun unga "keyingi safar" dedim, biroq bu nima bilan tugaganini o‘zingiz ko‘rib turibsiz...", - dedi u. 

Iosif Kobzon o‘zining chuqur ta'ziyasini izhor etdi va ro‘y bergan halokatni madaniyat va armiya auditoriyasi uchun fojia, deya baholadi. 

O‘z bortida 84 nafar yo‘lovchi va 8 nafar ekipaj a'zosini jamlagan Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti 25 dekabrda Adler aeroportidan havoga ko‘tarilib, parvozning yettinchi daqiqasida Qora dengiz akvatoriyasida halokatga uchragan. 

Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot bo‘laklari Sochi qirg‘oqlaridan 1,5 km masofada, 50-70 metr chuqurlikdan topilgan. Halok bo‘lganlar orasida - "Pervyy kanal", NTV va "Zvezda" telekanallarining uch nafardan xodimi bo‘lgan. 

Shuningdek samolyot bortida "Adolatli ko‘mak" xalqaro jamoatchilik tashkiloti rahbari Yelizaveta Glinka ham bo‘lganligi qayd etildi. 

 

Mavzuga oid
Top