00:54 / 25.12.2016
5277

«PSJ» «Volfsburg» yarim himoyachisini xarid qildi

Yulian Draksler «Volfsburg» futbol klubini rasman tark etdi. U «PSJ» bilan 4,5 yillik shartnomaga imzo chekkan. Bu haqda «bo‘rilar» sayti xabar berdi. Transfer qiymati ma'lum qilinmagan.

«Biz Draksler, uning vakillari va «PSJ» rahbariyati bilan so‘nggi bir necha kun davomida muzokaralar olib bordik. Natijada barcha tomonlar uchun juda ham yaxshi kelishuvga erishildi», - deya aytib o‘tdi nemis klubining sport direktori Olaf Rebe.

Ma'lumot uchun, futbolchi «Volfsburg»da 2015 yildan boshlab to‘p surgan hamda 34 uchrashuvda 5 gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Top