21:07 / 25.12.2016
20754

Rossiya Obamaning 8 yillik boshqaruviga izoh berdi

Foto: Google image

AQSh prezidenti Barak Obama va uning jamoasining 8 yillik boshqaruvi butun dunyoda nafrat uyg‘otdi, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova. Bu haqda "Vesti.Ru" xabar bermoqda. 

"Fikrimcha, u xalqaro sahnada hammaga yomon ko‘ringan shaxs bo‘ldi. Meningcha, ular o‘zlarining tanholigi shiori ostidagi 8 yillik boshqaruvi bilan butun dunyoda nafrat uyg‘otdi", deb aytdi Zaxarova.

Zaxarova Obama ma'muriyati "kuchli dunyoda yovuzlikni amalga oshirish uchun cheksiz huquqqa egaligini" ko‘rsatganini "ma'naviy nuqtai nazardan jinoyat" deb atadi.

 

Mavzuga oid
Top