18:54 / 26.12.2016
4349

Angliyaning ikki klubi Jo Xartga qiziqish bildirmoqda

"Torino" klubi darvozaboni Jo Xart yozda Premer-ligaga qaytishi mumkin. Tribuna.uz yozishicha Xartga "Liverpul" va "Chelsi" qiziqish bildirmoqda.

"Liverpul" klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaning ko‘p gol o‘tkazib yuborayotganidan xavotirda. 

"Chelsi" esa Tibo Kurtuaning "Real Madrid"ga o‘tish ehtimoli borligi uchun angliyalik darvozabonga qiziqish bildirmoqda. 

Jo Xartning "Manchester Siti" bilan shartnomasi 2017 yilning 30 iyunga qadar belgilangan. 

Darvozabon joriy mavsumni ijara asosida "Torino" safida o‘tkazmoqda. 

Top