23:41 / 26.12.2016
14830

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida 4 ta davlat bilan erkin savdo hududi bo‘yicha muzokaralar ma'qullandi

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kiruvchi 4 ta davlat yetakchilari tashkilotga a'zo davlatlar Eron, Misr, Hindiston va Singapur bilan erkin savdo hududi bo‘yicha kelishuvni tayyorlash borasida muzokaralarni boshlashni ma'qullashdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay'ati raisi Tigran Sarkisyan ma'lum qildi. 

"Erkin savdo hududi yaratish borasida kelishuvlarni tuzish bo‘yicha muzokaralarning birinchi bosqichi boshlandi, biz Isroil, Serbiya bilan muzokaralar hamda Xitoy bilan savdo-iqtisodiy munosabatlar bo‘yicha alohida jarayon olib bormoqdamiz", deb aytdi Sarkisyan.

"Bugun 4ta davlat prezidentlari Eron, Misr, Hindiston va Singapur bilan ham muzokaralar jarayonini boshlashimiz zarurligi haqidagi taklifni ma'qulladilar", deb qo‘shimcha qildi Sarkisyan.

Sarkisyan Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi negizida bu davlatlar bilan kelishuv tuzishni tayyorlash bo‘yicha jadal jarayon boshlanishini ta'kidlab o‘tdi.

 

Mavzuga oid
Top