19:45 / 26.12.2016
9247

Moldova prezidenti qarorgohida YeI bayrog‘i olib tashlandi

Moldova prezidenti Igor Dodon qarorgohi binosidan Yevropa Ittifoqi bayrog‘i olib tashlandi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.   

Bundan tashqari, uch tilda olib boriladigan prezident saytida ingliz va rus tilidagi variantlar o‘zgarishsiz qolgan, rumin tilidagisi esa moldovan tilidagisiga o‘zgartirilgan.   

"Prezident konstitutsiyani hurmat qiladi va barchani bunga chaqiradi", deb aytdi prezident matbuot kotibi Ion Cheban.

U Moldova konstitutsiyasiga ko‘ra, mamlakatda davlat tili "lotin alifbosiga asoslangan moldova tili hisoblanishini" aytdi.

 

Mavzuga oid
Top