17:48 / 26.12.2016
6693

Rossiya va Qozog‘iston hamkorlik bo‘yicha yangi kelishuvni imzolashdi

Foto: RIA "Novosti"

Rossiya va Qozog‘iston “Boyqo‘ng‘ir” majmuasidagi bo‘lajak hamkorlik konsepsiyasini imzolashdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Hujjat Rossiya va Qozog‘iston prezidentlari Vladimir Putin va Nursulton Nazarboyevning o‘zaro uchrashuvi yakuniga ko‘ra imzolandi.

Rossiya tomonidan bosh vazir o‘rinbosari Dmitriy Rogozin, qozoq tarafidan esa bosh vazir birinchi o‘rinbosari Asqar Mamin kelishuvga imzo chekishgan.

Nazarboyevning ta'kidlashicha, yangi konsepsiya fazo sohasidagi o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish imkonini beradi.

«Biz hozirda sakkiz yilga mo‘ljallangan va 2025 yilga qadar bo‘lgan - «yo‘l xaritasini» tasdiqlamoqdamiz. Yangi o‘rtacha raketa. Bu Boyqo‘ng‘irdagi Rossiya-Qozog‘iston hamkorligining eng asosiy o‘ziga xos jihati bo‘ladi», - ta'kidlab o‘tdi Nazarboyev.

Kelishuvga Boyqo‘ng‘irning shahar maqomi borasidagi o‘zgartirishlar ham kiritildi.

Mavzuga oid
Top